Qadimgi Olimpiyada 2020 yilgi Olimpiada mash'alasi yoqildi 

Sport 23:29 / 12.03.2020 4228

An'anaga ko‘ra, mash'ala parabolik ko‘zgu yordamida quyosh nurlaridan yoqilgan.

Birinchi marotaba marosim koronavirus epidemiyasi sababli tomoshabinlarsiz o‘tdi, unga faqatgina rasmiy shaxslar va jurnalistlar qo‘yildi.

“Biz ushbu marosim murakkab sharoitlarga qaramasdan o‘tayotganidan xursandmiz. Rahmat, Gretsiya!”, deb aytgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Tokiodagi Olimpiada muvaffaqiyatli o‘tishiga umid bildirib qolgan.

19 martgacha mash'ala estafetasi Gretsiya hududi bo‘ylab o‘tadi, uni ilk bor ayol kishi – to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha Olimpiya chempioni Anna Korakaki boshlab beradi. So‘ngra Afinadagi Panafineya stadionida mash'alani Tokioga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mash'ala samolyotda Yaponiyaga yetkaziladi va 26 martda Fukusima prefekturasidan estafetaning Yaponiyadagi qismi boshlanadi. Mash'ala estafetasi Yaponiyaning 47 ta prefekturasi bo‘ylab o‘tadi va 24 iyulda Olimpiya o‘yinlari ochilishi marosimida yakun topadi.

Ko‘proq yangiliklar: