«Manchester Siti» – «Real» va «Yuve» - «Lion» o‘yinlari noma'lum muddatga qoldirildi

Sport 23:01 / 12.03.2020 5387

Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Real» bahsi koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi, deya xabar bermoqda Angliya klubi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, bu qarorga «qirollik klubi» futbolchilarining 15 kunlik karantinga olingani sabab bo‘lgan.

Avvalroq Madrid klubining basketbol jamoasi o‘yinchisida koronavirus aniqlangani va har ikkala jamoa a'zolariga karantin e'lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hozircha bellashuvning yangi sanasi ma'lum qilinmagan. 

Shuningdek, «Yuventus» va «Lion» o‘rtasidagi 1/8 final javob uchrashuvi ham qoldirildi. UYeFA ma'lumotiga ko‘ra, bunga Turin klubida karantin e'lon qilinganligi sabab bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, har ikki o‘yin 17 mart kuni o‘tkazilish lozim edi.

Ko‘proq yangiliklar: