Jalolov, Mirzaxalilov va Abduraimovda oltin – O‘zbekiston Olimpiadaga 7 bokschi bilan boradi 

Sport 00:05 / 12.03.2020 36768

Iordaniyaning Oman shahrida boks bo‘yicha lisenzion turnirning final janglari yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik bokschilardan uch nafari  – Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tarilishdi.

Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg) mezbon bokschi – iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida ustun keldi va musobaqaning g‘olibiga aylandi.

Elnur Abduraimov (63 kg) final jangini qozog‘istonlik Zokir Safiullinga qarshi o‘tkazib, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan turnirning eng yorqin janglaridan birida 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Oltin medal uchun kechgan so‘nggi bahsda Bahodir Jalolov (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xunini 5:0 hisobida mag‘lub etib, terma jamoaga 3-oltin medalni taqdim etdi. 

Shu tariqa turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Tokio Olimpiadasi uchun esa 7ta yo‘llanmaga ega chiqdi. Bular – Mirazizbek Mirzaxalilov (oltin), Elnur Abduraimov (oltin), Bahodir Jalolov (oltin), Shahobiddin Zoirov (bronza), Bobousmon Baturov (bronza), Sanjar Tursunov (bronza) va Tursunoy Rahimova.

Ko‘proq yangiliklar: