«Manchester Siti» – «Arsenal» o‘yini qoldirildi

Sport 08:44 / 11.03.2020 5004

11 mart kuni o‘tishi kerak bo‘lgan APLning 28-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Arsenal» bahsi qoldirildi. Bu haqda Premer-liga sayti xabar qildi.

«Nottinhem Forest» va «Olimpiakos» klublari xo‘jayini Yevangelos Marinakisning koronavirusga chalingani haqidagi xabardan keyin jamoalar o‘yinni keyinga qoldirishga qaror qilishdi.

«Arsenal» 13 kun oldin Yevropa Ligasi doirasida «Emireyts»da «Olimpiakos» bilan o‘ynagandi (1:2). Bahsdan so‘ng Marinakis London klubining bir qator futbolchilari va xodimlari bilan uchrashgan.

Premer-liga ham o‘yinni boshqa sanaga o‘tkazish kerak degan fikrga keldi. Liga bayonotida qayd etilishicha, APLdagi hafta oxiridagi o‘yinlarning qoldirilishi rejalashtirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: