Harvard universiteti koronavirus sababli masofadan o‘qitishga o‘tdi

Jahon 00:32 / 11.03.2020 4097

AQSh kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 600dan oshgan.

AQShning Harvard universiteti koronavirus tarqalishi sababli talabalarni vaqtincha masofadan o‘qitishga o‘tkazadi. Bu haqda universitet saytida ma'lum qilindi.

"Biz bahorgi ta'tildan keyingi o‘qishning birinchi kuni – 23 martdan masofadan o‘qitishga o‘tamiz... Talabalardan bahorgi ta'tildan so‘ng universitetga qaytmasliklarini va masofadan o‘qishlarini so‘raymiz", - deyiladi universitet rahbariyati tomonidan.

Qayd etilishicha, bundan maqsad katta guruhlar to‘planishi va ko‘pchilikning uzoq vaqt davomida bir-birlari bilan yaqin masofada bo‘lishining oldini olishdir. 

AQSh kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 600dan oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: