Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolga oid eng mashhur iboralar

Foto: Getty Images
“Futbolni 22 kishi o‘ynaydi, lekin nemislar g‘olib bo‘lishadi”. Gari Linekerning bu so‘zlarini barcha muxlislar bilishadi. Maradonaning “Agar u yerda kimningdir qo‘li bo‘lsa, bu yaratganniki” degan iborasi ham butun dunyoga mashhur. Qolaversa, “Maydon tekis, to‘p dumaloq”, “Buni futbol deydilar” kabi egasiz jumlalar ham muntazam aytib yuriladi. E'tiboringizga futbol olamida o‘chmas iz qoldirgan insonlarning mashhur iboralarini havola qilamiz.
Miroslav Kloze
“Parvardigor bizga qanot bermagan, ammo to‘p tuhfa qilgan va bu bizga ko‘proq yoqishini bilgan”;
Bob Peysli, “Liverpul”ning afsonaviy murabbiyi
“Agar sen jarima maydonida to‘pni nima qilishni bilmay qolsang, shartta gol ur. O‘yin tugaganidan keyin esa biz o‘sha paytda yana nimalar qilish mumkinligini xotirjam muhokama qilamiz”;
“Bo‘lajak qaynotam mendan nima ish qilishimni so‘ragan. Futbolchiligimni aytganimda qoshlari chimirilgan. Men unga professional futbolchiligimni ta'kidlaganman. “Xo‘p, lekin sening birorta kasbing ham bormi?” deya qayta so‘raganida “G‘isht terishni bilaman” deya javob berganman. Uning yuzi yorishib ketgandi”;
“Liverpul”dagi faoliyatim har doim ham omadli kechmagan. Masalan, bir marta ikkinchi o‘rinni olganmiz”;
Erik Kantona
“Xotinni, mashinani, hatto dinni almashtirish mumkin, ammo sevimli jamoani almashtirib bo‘lmaydi”;
Zinedin Zidan
“Xatolar qilmaslik uchun tajriba to‘plash kerak. Tajriba to‘plash uchun esa xato qilish lozim”;
“Futbol o‘ynashga poyabzalim bo‘lmagani uchun yig‘laganman. Lekin kunlarning birida oyog‘i yo‘q odamni uchratdim...”;
“Sening qanday ketishing muhim emas. Eng muhimi, sening kim bo‘lganing”;
Jorj Best, “MYu”ning sobiq yulduzi
“Bekhem chap oyoqda o‘ynay olmaydi, bosh bilan gol ura olmaydi. Kurashlarda chaqqon emas va kam gol uradi. Qolgan masalalarda yomon emas”;
“Mening hamma ahmoqliklarim unutiladi. Hamma faqat futbolni va urgan gollarimni eslaydi. Hech bo‘lmasa bir kishi meni zo‘r futbolchi deya eslasa, shuning o‘zi kifoya”;
Arrigo Sakki, murabbiy
“Yaxshi murabbiy bo‘lish uchun futbolchi bo‘lish shart emas. Axir izvoshchi bo‘lish uchun ot bo‘lish shart emas-ku”;
“Futbol muhim bo‘lmagan narsalar ichida eng muhimidir”;
Roy Kin
“Odamlar oqim bo‘yicha suzish tarafdori. Lekin kim oqim bo‘yicha nima suzishini bilasizmi? O‘lik baliq”;
Joze Mourino
“Agar siz muxlislarga yoqsangiz, yaxshisiz. Agar ular sizni ko‘rarga ko‘zi yo‘q bo‘lsa, bilingki eng zo‘risiz”;
“Menga qarata otilgan toshlardan ajoyib haykal yasash mumkin”;
“Agar Abramovich menga murabbiylik bo‘yicha ko‘mak bersa, biz turnir jadvalining tubiga sho‘ng‘iymiz. Agar men Abramovichga biznes maslahatchi bo‘lsam, inqirozga uchraymiz”;
“Agar sizga mening siyosiy qarashlarim qiziq bo‘lsa aytay – men 4–3–3 tizimi tarafdoriman”.
Abror Zohidov tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

22:44 / 16.07.2025
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin

22:15 / 12.07.2025
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

14:37 / 10.07.2025