Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini 26 foizga oshiradi

Jahon 17:15 / 10.03.2020 5166

Jahondagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Saudi Aramco apreldan sutkasiga 12,3 mln barrelgacha neft qazib oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Bu OPeK va OPeK+ a'zolari o‘rtasida tuzilgan bitimda ko‘rsatilgan hajmga nisbatan 26 foizga ko‘pdir. Bitimga ko‘ra, Saudi Aramco 2020 yilning birinchi choragida sutkasiga 9,7 mln barrel neft qazib olish majburiyatini olgandi. 

1 apreldan OPeK+ bitimi bekor bo‘ladi, chunki Rossiya 6 mart kuni Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda neft qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishga rozi bo‘lmadi.

Dushanba kuni Brent nefti narxi 20 foizdan ortiqroqqa tushib ketdi va bu jahon birjalariga salbiy ta'sir qildi.

Neft narxining pasayishi ortidan Rossiya rublining AQSh dollari va yevroga nisbatan qiymati keskin tushib ketdi.

Taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupovning fikricha, neft narxi tushishda davom etsa, bu O‘zbekiston milliy valutasi so‘mning devalvatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: