Koronavirusning yangi alomatlari ma'lum qilindi

Jahon 16:00 / 10.03.2020 59960

Shifokorlarning aytishicha, koronavirusga chalingan bemorlarga dastlab denge isitmasi tashxisi qo‘yilgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, 57 yoshli erkak 9 fevral kuni isitma va yo‘tal bilan kasalxonaga yotqizilgan. Uning qonida trombotsitlar soni pasaygan, ko‘krak qafasi rentgenogrammasi esa normal bo‘lgan. Denge isitmasiga ekspress-test salbiy javob bergach, uni qo‘yib yuborishgan.

Ammo, keyinchalik u doimiy ravishda ko‘tarilgan harorat, trombotsitlar sonining yanada pasayishi, shuningdek, limfotsitlar soni tushib ketishi, yo‘tal va nafas qisilishi bilan klinikaga qaytgan. Denge bezgagiga takroriy test ijobiy bo‘ldi. Ammo ko‘krak qafasi rentgenogrammasidan so‘ng, u koronavirusga tekshirildi hamda testlar ijobiy natijani ko‘rsatdi. Boshqa tahlillarda unda denge yo‘qligi aniqlandi.

Ikkinchi holda, 57 yoshli ayolga ham ijobiy test natijasidan so‘ng denge isitmasi tashxisi qo‘yilgan, ammo keyingi tahlillarda yangi koronavirus aniqlangan. Bemorda isitma, mushaklar og‘rig‘i, yengil yo‘tal, ich ketishi qayd etilgan, ammo ikki kundan keyin uning ahvoli yomonlashgan.

«Denge bezgagiga tezkor testning ijobiy natijasi tufayli COVID-19’ni hisobga olmaslik nafaqat bemorga, balki jamiyat salomatligiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin», - deya ma'lum qildi shifokorlar. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, denge isitmasi bo‘yicha noto‘g‘ri ijobiy natijalarni aniqlash muhimdir.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 104 mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, XXRda 80,7 mingdan ortiq kasallanganlar qayd etildi, dunyo bo‘ylab bu kasallikka chalinganlar soni 113,3 mingdan oshdi. Koronavirus qurbonlari soni 4009 kishiga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: