Koronavirus sabab dzyudo bo‘yicha lisenzion turnirlar bekor qilindi  

Sport 11:16 / 10.03.2020 4387

Bundan avval COVID-19 sabab Rabat Gran-pri turniri hamda Yekaterinburg "Katta Dubulg‘a" turniri ham koronavirus sabab bekor qilingandi. Endi esa IJF Ijroiya qo‘mitasi biryo‘la ikki oy davomida o‘tkaziladigan barcha musobaqalarni bekor qildi, deyiladi (https://t.me/judouz/5186) O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

Hozircha ushbu qaror 30 aprel kunigacha o‘z kuchida qoladi. Bu sanaga qadar Tbilisi va Antaliyada o‘tkaziladigan Gran-pri turkumidagi ikki musobaqa, shuningdek qit'a chempionatlari bor edi. Osiyo chempionati aynan aprel oyida Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilishi kerak edi va tabiiyki, bu musobaqa ham bekor bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: