UYeFA o‘yinlar oldidan qo‘l berib salomlashishni bekor qildi

Sport 13:26 / 09.03.2020 6852

UYeFA doirasidagi o‘yinlar oldidan futbolchilarning qo‘l berib salomlashishi bekor qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qaror Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining koronavirus epidemiyasi tarqalayotgani munosabati bilan bergan tavsiyalariga ko‘ra qabul qilindi.

Ayni paytda taqiqning olib tashlanish sanasi ko‘rsatilmagan. Bu to‘g‘risida alohida ma'lumot berilishi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida 1/8 final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: