Portugaliya prezidenti 2 haftani karantinda o‘tkazadi

Jahon 10:04 / 09.03.2020 9011

Bu haqda prezident devonxonasi xabarida ma'lum qilingan.

71 yoshli prezident virusga chalinmagan, biroq prezident saroyiga o‘tgan hafta tashrif buyurgan o‘quvchilar ta'lim oladigan maktabda koronavirusga chalinish holati aniqlangan. Ammo virusga chalingan o‘quvchi va uning sinfdoshlari saroyga borishmagan.

“Prezidentda kasallik alomatlari bo‘lmasa-da, u yaqin ikki hafta uchun barcha tadbirlarni bekor qilishga qaror qildi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, bu prezidentning xorijiy safarlariga ham taalluqli bo‘ladi. Di Souza o‘z qarorgohida shifokorlar kuzatuvi ostida bo‘ladi.

Portugaliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 2 mart kuni qayd qilingan. 8 mart kuni kasallanish holatlari 25 tagacha ko‘paygan.

Ko‘proq yangiliklar: