Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

Iqtisodiyot 12:16 / 09.03.2020 27334

Markaziy bank 10 martdan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 13,30 so‘mga tushib, bir dollar 9500,54 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 232,35 so‘mga ko‘tarilib, 10 721,36 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida rubl kursi 2,94 so‘mga arzonlashgan va 1 rubl 138,91 so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi hafta pasaymoqda. O‘tgan haftada rasmiy kurs 12,44 so‘mga tushib, bir dollar 9513,84 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro kursi esa 159,66 so‘mga ko‘tarilib, 10 489,01 so‘mga teng bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: