Tokio olimpiadasi bekor qilinsa Yaponiya qancha zarar ko‘rishi aniqlandi

Sport 13:57 / 07.03.2020 16190

SMBC Nikko Securities moliyaviy kompaniyasi Tokio olimpiadasi bekor qilinsa, Yaponiya taxminan qancha zarar ko‘rishini hisoblab chiqdi. Bu haqda Kyodo News xabar bermoqda.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaponiya 7,8 trillion iyena yoki 74,3 milliard dollardan ayrilishi mumkin. Iqtisodchilar Tokioning kutilayotgan turistlar oqimi, kelishi kerak bo‘lgan sayyohlar tufayli mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqadigan foydasini 670 milliard iyena (6,5 milliard dollar)ga baholashgan.

Agar chindan ham bu holat sodir bo‘lsa, ya'ni olimpiya o‘yinlari bekor qilinsa, 2020 yilda Yaponiyaning yalpi ichki mahsuloti 1,4 foizga pasayishi mumkin.

Bir muddat oldin JSST telefon orqali konferensiyada koronavirus tufayli 2020 yilgi Tokio Olimpiadasini o‘tkazish masalasini muhokama qilgan, unda Yaponiyadagi musobaqalarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish taklifi bildirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus vahimasi ortida oxirgi 9 kun ichida jahon fond birjalarida 9 trln. dollar yo‘qotilgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: