Og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo chempionati qoldirildi  

Sport 21:18 / 06.03.2020 7209

Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Musobaqa 16-25 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilishi kerak edi.

“Butun dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishi va ko‘plab davlatlarda safarlarga kiritilgan cheklovlar sababli musobaqa tashkiliy qo‘mitasi Osiyo chempionati o‘tkazilish sanasini noma'lum muddatga ko‘chirishga qaror qildi”, deyilgan IWF xabarida.

17 fevralda IWF ijroiya qo‘mitasi Qozog‘iston hukumati Xitoyda koronavirus tarqalishi sababli Xitoy va u bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani tufayli Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirishga qaror qilgandi. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston koronavirus tarqalishi xavfi sababli Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Afg‘oniston va Yaponiya bilan aviaaloqalarni vaqtincha to‘xtatgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: