Go‘sht narxi yana oshishi mumkin

O‘zbekiston 10:32 / 06.03.2020 53286

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma'lum darajada bosim yaratadi. Bu haqda Markaziy bank xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash ma'lum bir vaqtni talab qiladi. 

“Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta'sir ko‘rsatadi”, - deyiladi Markaziy bank ma'lumotida.

Ta'kidlanishicha, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta'minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Bundan oldin, Markaziy bank koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri qanday bo‘lishi yuzasidan izoh bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: