Koronavirus tufayli Twitter xodimlarining bir qismi masofadan ishlashga o‘tdi

Fan-texnika 14:21 / 03.03.2020 2713

Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish maqsadida Hongkong, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Twitter xodimlari masofadan ishlashga o‘tdi. Bu haqda kompaniya blogida ma'lum qilindi.

Servis rahbariyati xodimlarga ofisga kelmaslikni tavsiya etmoqda. Twitter’da dunyo bo‘yicha 5 mingga yaqin kishi ishlaydi.

Avvalroq kompaniya barcha rejalashtirilgan safar va tadbirlarni bekor qilgandi. Twitter shuningdek Texasda bo‘lib o‘tadigan mediaanjumanda ham ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Kompaniya xodimlarning masofadan ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirishga tayyorgarlikni boshlaganini bildirdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirusga chalinganlar soni 90 mingdan oshgan, 3000 dan ortiq bemor vafot etgan. Janubiy Koreyada 4812 kishi, Yaponiyada 970 kishi va Hongkongda 100 kishi ushbu kasallikni yuqtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: