Entoni Joshua «Tottenhem» stadionida jang qiladi

Sport 08:50 / 03.03.2020 7723

Britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua 20 iyun kuni “Tottenhem” stadionida Kubrat Pulev bilan jang o‘tkazadi. 

38 yoshli bolgariyalik bokschi WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi bo‘lgan Joshua bilan jang qilishga yaqin turibdi. Dekabr oyida Endi Ruis ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng Entoni Joshua ushbu yo‘nalishdagi kamarlarga ega chiqqan edi.  

“Men o‘zimning dunyoda tengsiz ekanligimni isbot qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligimdan xursandman”, - dedi Pulev o‘z intervyusida. 

Entoni Joshua va Kubrat Pulev

Bu Joshuaning 2018 yil sentabr oyida “Uembli”da Aleksandr Povetkinni mag‘lubiyatga uchratganidan beri Buyuk Britaniyada o‘tkazadigan dastlabki jangi bo‘ladi. 

Aslida, Joshua Pulev bilan 2017 yilning oktabr oyida Kardifning “Principality” stadionida jang qilishi kerak edi, ammo bolgariyalik bokschining yelkasidan olgan jarohati tufayli jang qoldirilgan edi. 

Pulev 2015 yilning noyabr oyida Vladimir Klichkodan nokautga uchragan. U 29 jang o‘tkazib, ularning 28tasida g‘alaba qozongan. 2018 yilning oktyabriga kelib Bolgariyada angliyalik Xyui Fyurini ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: