Vadim Afonin «Lokomotiv»ga o‘tdi

Sport 18:20 / 02.03.2020 4425

Toshkentning «Lokomotiv» klubi Vadim Afonin transferini e'lon qildi. 

20 fevral kuni Rossiya Premer-ligasining «Orenburg» klubini tark etgan Vadim Afonin oradan 7 yil o‘tib, O‘zbekistonga qaytib, «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyatining 2005 yildan Toshkentning «Traktor» klubi safida boshlagan Afonin o‘tgan yillar davomida Rossiyaning «Rubin», «Salyut», «Anji», «Orenburg» klublarida to‘p surgan. Shuningdek, 2009-2012 yillarda «Sho‘rtan» safida harakat qilgandi.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsumda Rossiya chempionatida jami 10ta o‘yinda maydonga tushgandi. Ikkinchi davra oldidan Orenburg klubi hamyurtimiz bilan xayrlashganligini e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: