Weforum.org nashri ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirus (COVID-19) tarqalishi butun dunyo ishlab chiqarish tizimiga, global qiymat zanjiriga salbiy ta'sir qilmoqda. Uning oqibatlari esa biznes vakillari, iste'molchilar va xalqaro iqtisodiyotga ta'sir etishi mumkin.
Ayni paytda ko‘plab kompaniya rahbarlari bu vaziyatda qanday qilib o‘z ishchilarini himoya qilish, ta'minot xavfsizligida ishonchni mustahkamlash, marketing noaniqliklarini to‘g‘ri aniqlay olish kabi muhim savollar qarshisida qolmoqda.
Global qiymat zanjiri - iqtisodiy taraqqiyot va YaIM o‘sishida muhim omildir. U narx raqobatbardoshligini shakllantirish va optimallashtirishda muhim sanaladi. Koranavirus esa ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga mana shu raqobatbardoshlikning xavf ostida qolishiga tayyor turish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Xavfning yangi turi iqtisodda
COVID-19 allaqachon xalqaro bozorga o‘z ta'sirini o‘tkazib ulgurdi. Masalan, virus qo‘rquvi xalqaro yoqilg‘i narxiga ta'sir qildi. Xitoy qayta ishlovchilari o‘zlaridagi ichki talab pasayishini taxmin qilib, neft qayta ishlash suratini kamaytirmoqdalar. Xitoy talabining pasayishi esa ta'minotchilar uchun istiqbol rejalari qorong‘ilashishiga sabab bo‘lmoqda.
Reuters tahlillariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiy o‘sishi 2020 yilning birinchi choragida 4,5 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu 2008 yildagi iqtisodiy inqirozdan beri sodir bo‘lgan eng kuchli pasayish ekanligi va uning xalqaro iqtisodga 1,1 trillion AQSh dollari miqdorida zarar keltirishi kutilmoqda.
Bunda oxirgi natija qanday bo‘lishi ma'lum emas, biroq taxminlarga ko‘ra, koranavirus ta'siri oldingi tajribalar zararlaridan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.
Qiymat nuqtayi nazaridan qaraganda, 2003 yildagi SARS epidemiyasi yoki 2011 yilda sodir bo‘lgan Fukushima atom muammosi bugungi koranavirus zarariday xavfli bo‘lmagani aniq.
Chunki hozir Xitoy rivojlangan va global iqtisodiyot bilan integratsiyasi kuchli. Agar 2003 yilda xalqaro ishlab chiqarishning 9 foizi Xitoyga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, mamlakat transport bilan bog‘liq ishlarini ham juda yaxshi yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, bugun qiymat zanjiri tuzilishi 2003 yoki 2011 yilgiga solishtirganda ancha kompleks va bir-biriga bog‘lanib ketgan. Dun&bradstreet nashrining fevral oyi boshida e'lon qilingan «Koranavirusning biznesga ta'siri» sarlavhali tahlilida aytilishicha, dunyo bo‘yicha eng muvaffaqiyatli 1000 kompaniyaning 938tasi bilan aloqada ishlaydigan kamida 1 yoki 2ta qatlam ishlab chiqaruvchilari COVID-19 tufayli zararlangan.
Avtomobil sanoati zanjiri tarkibidagilar va ta'minotchilar esa hammadan birinchi shok holatini boshdan kechirishdi. Xitoy avtomobil sanoati o‘sish surati koronavirus boshlanishidan oldingi holatidan 50 foizga susaydi.
Bu kabi holatlar mahalliy va chet ellik original texnika ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu ishlab chiqarish pasayishiga yoki unga xalaqit beruvchi ta'sirlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holat marketingda qo‘shimcha 2-5 foizgacha o‘sish foizi tushishiga sabab bo‘lmoqda.
Hatto elektronika ishlab chiqaruvchilari ham zarar ko‘rishmoqda. Masalan, Apple qiymati ham yaqin orada marketingda 12 foizga pasaydi.
Ayni paytda ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar uyida o‘tirishibdi. Xitoyning 300 million atrofidagi migrant ishchilarining 60-70 foizi yilning ikkinchi yarmidan ishga chiqishga umid qilishyapti.
Xavfga qanaqa qilib tayyorgarlik ko‘rish mumkin?
Qisqacha qilib aytganda, COVID-19 virusining global maydonda ta'siri susayishi uchun imkon qadar tezlik bilan harakat qilish zarurligi aytilmoqda.
Bunda yetakchi amaliy jarayonlarni yo‘lga qo‘yish uchun biznes va hukumat vakillaridan birgalikda harakat qilish talab etiladi.