Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

Sport 08:21 / 01.03.2020 38086

Texas shtatining Frisko shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Isroil Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raunddayoq yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tushirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta polga qulatgach, hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Endilikda Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasining WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da'vogarga aylandi.

Foto: Twitter /IsrailMadrimov

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta o‘tgan yilning 5 oktyabrida meksikalik Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga chiqqan va raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Foto: Twitter /IsrailMadrimov
Foto: Twitter /IsrailMadrimov
Ko‘proq yangiliklar: