Farg‘ona – Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 08:15 / 29.02.2020 3243

Farg‘ona vodiysidan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida transport vazirligi tomonidan Farg‘ona - Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar joriy yilning 4 mart sanasidan boshlanadi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. 

Qatnov “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00da boshlanadi. Chiptalarni "Farg‘ona shahar atrofi" avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan xarid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda Uzautotrans Service va "Tulpar-Baykonir" korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: