Yevropa Ligasi. «Arsenal» sensatsion mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadan chiqib ketdi

Sport 08:09 / 28.02.2020 6933

Yevropa Ligasining 1/16 finali doirasida «Arsenal» – «Olimpiakos» o‘yini dramatik tarzda yakunlandi. 

O‘yinning asosiy vaqtida greklar minimal hisobda ustun kelishdi va natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra muvozanat tiklandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda dastlab Obameyang supergoli bilan ustunlikni londonliklar tomoniga burib yubordi. Ammo El-Arabining 119-daqiqada kiritgan to‘pi «Olimpiakos»ni nimchorak finalga olib chiqdi.

Yevropa Ligasi, 1/16 final
Javob o‘yini
Arsenal – Olimpiakos 1:2

27 fevral, «Emireyts»
Gollar: Obameyang (113) – Sisse (53), El-Arabi (119).
Arsenal: Leno, Mustafi (Papastatopulos, 103), Belerin (Uillok, 84), David Luiz, Sebalos (Torreyra, 72), Eaka, Ozil, Pepe, Lyakazett (Martinelli, 105), Obameyang, Saka. 
Olimpiakos: Joze Sa, Elabdellaui, Tsimikas (Lovera, 114), Ba, Sisse, Buxalakis, Kamara, Ranjyelovich (Masuras, 77), Gilerme (Papadopulos, 117), Valbuena (Brunu Gashpar, 86), El-Arabi.
Ogohlantirishlar: Ba (20), Kamara (58).
Birinchi o‘yin: 1:0

Ko‘proq yangiliklar: