Ucell aloqa operatori faoliyatida uzilish ro‘y berdi

O‘zbekiston 13:48 / 27.02.2020 11810

27 fevral kuni Ucell mijozlari aloqa operatori faoliyatidagi uzilishlar to‘g‘risida xabar berishdi.

«Hurmatli abonentlar! Texnik nosozliklar bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Aloqa qisqa muddatda to‘liq tiklanadi», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida. 

Ayni vaqtda aloqa operatori sayti ham ishlamay qolgan. Foydalanuvchilar mobil aloqa va internetdan foydalanishda muammolarga duch kelishgan.

Ko‘proq yangiliklar: