«Mersedes Bens»ni noqonuniy olib kirish rejasi ish bermadi

O‘zbekiston 13:29 / 24.02.2020 11189

Toshkent viloyatidagi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga fuqaro A.D. tomonidan olib kelingan «Mersedes Bens» rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

«Mersedes Bens»ning dvigatel va kuzov raqamlari transport vositasini qayd etish guvohnomasida ko‘rsatilgan raqamlar bilan solishtirilganda, bu avtotransportdagi davlat raqami aslida boshqa avtotransport vositasiga tegishli ekani aniqlandi.

Qiymati 47,6 million so‘mlik avtomobil vaqtincha saqlovga olingan.

Bojxona organlari holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: