Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayyorlov kurslariga taklif etadi

Jamiyat 17:00 / 24.02.2020 10603

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti abituriyentlarni Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ishlab chiqarish va texnik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinishi munosabati bilan yoshlarni maqsadli tayyorlash uchun rus tili, matematika, fizika va kimyo fanlaridan tayyorlov kurslarida ta'lim olishga taklif etadi.

Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar,qishloq xo‘jalik mashinalari), texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish), texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifat menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Tayyorlov kurslarida ta'lim olish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tayyorlov kurslaridagi dars mashg‘ulotlari texnika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Tinglovchilarga yakuniy testlarning ijobiy natijalariga ko‘ra kursni bitirganlik haqida sertifikat beriladi.

Bundan tashqari, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi:

  • Matematika;
  • Fizika;
  • Kimyo;
  • O‘zbek tili va adabiyoti;
  • Rus tili va adabiyoti;
  • Ingliz tili;
  • O‘zbekiston tarixi;
  • Chizmachilik, qalam va rang tasvir.

Toshkent davlat texnika universiteti abituriyentlarni test sinovlariga tayyorlash bo‘yicha ushbu o‘quv tayyorlov kurslariga shartnoma asosida o‘qishga taklif etadi. Tayyorlov kurslari abituriyentlarni Toshkent davlat texnika universitetidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlariga va ijodiy imtihonlarga tayyorlaydi.

Tayyorlov kurslaridagi mashg‘ulotlar test bloklaridagi yo‘nalishlariga mos fanlar dasturi asosida, Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Hamda 2 smenada va o‘zbek, rus tillarida tashkil etiladi.

Maxsus kasbga yo‘naltirish tayyorlov kurslari

Shuningdek, maxsus kasbga yo‘naltirish tayyorlov kurslari tinglovchilarini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik kurslariga taklif qilamiz:

  • Payvandlash;
  • Elektr montaj;
  • Avtomobil tuzilishi.

Shu bilan birga, payvandchi, gaz ta'minotchisi, mexanik, elektrik kasbiy malaka olish kurslarida ta'lim olishingiz mumkin. Tinglovchilarga yakuniy malaka natijalariga ko‘ra, kursni bitirganlik haqida sertifikat beriladi.

To‘liq ma'lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin: (71) 246-92-36, (99) 807-15-74

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: