Germaniyada avtomobil karnaval ishtirokchilarini bosib ketdi. Kamida 15 kishi jarohatlangan

Jahon 21:51 / 24.02.2020 4599

Hodisa «Rozenmontaga» bayrami («pushti dushanba» - Germaniyadagi karnaval mavsumini yopib beruvchi qism) tantanalari vaqtida ro‘y bergan.

Nemis nashrlarining yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:30da «Mercedes» rusumli avtomobil to‘siqni buzib o‘tib, odamlar ustiga yurgan. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda. Voqea joyiga qutqaruvchilar va politsiyachilar yetib kelishgan.

Voqea joyida olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Politsiya vakili haydovchi qo‘lga olinganini ma'lum qilgan. Ayni vaqtda hodisa qasddan sodir etilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Germaniyadagi nashrlarda voqea guvohlari haydovchi odamlar ustiga yurishdan oldin ataylab tezlikni oshirgani haqida aytishgan. Politsiya hodisaning sabablari bo‘yicha oldindan isbotsiz gaplar aytishdan tiyilishga chaqirmoqda.

Gessen politsiyasining tvitterdagi sahifasida ro‘y bergan hodisa tufayli bu hududdagi barcha karnavallar bekor qilinganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: