Dunyodagi eng serdaromad aviareyslar reytingi e'lon qilindi 

Jahon 08:16 / 24.02.2020 10559

Aviatashuvlar haqida ma'lumotlar to‘plovchi OAG kompaniyasi aviakompaniyalarga eng katta daromad keltiruvchi aviayo‘nalishlar reytingini tuzdi. Unga ko‘ra, dunyodagi eng serdaromad aviareys London – Nyu-York reysi hisoblanadi.

Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi. 

Aniqlanishicha, eng serdaromad aviayo‘nalishlarning aksariyati Londonda boshlanadi yoki u yerda tugaydi. Bu Britaniya poytaxti muhim iqtisodiy markaz va Yevropaning katta transport tuguni hisoblanishi bilan tushuntiriladi. 

Reytingni tuzishda 2018 yil aprelidan 2019 yil martigacha bo‘lgan davr uchun ma'lumot qo‘llangan. 

Eng serdaromad reys Londondan Nyu-Yorkka parvoz bo‘lib, bu reys British Airways aviakompaniyasiga ko‘rsatilgan davrda 1 mlrd dollardan ko‘proq pul keltirgan. Aviakompaniya ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozning har bir soatidan 27 ming dollar olgan. 

Umuman olganda, eng serdaromad aviayo‘nalishlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. London – Nyu-York, British Airways aviakompaniyasi (umumiy hisobda 1159 mln dollar, parvozning har bir soati uchun 27 000 ming dollar keltirgan)
2. Melburn – Sidney, Qantas (861 mln dollar – 24 000 dol./soat)
3. Dubay – London, Emirates (796 mln dollar – 25 000 dol./soat)
4. Singapur – London, Singapore Airlines (736 mln dollar – 19 000 dol./soat)
5. Nyu-York – San-Fransisko, United Airlines (689 mln dollar – 13 000 dol./soat)
6. Nyu-York – Los-Anjyeles, American Airlines (662 mln dollar – 13 000 dol./soat)
7. Doha – London, Qatar Airways (639 mln dollar – 20 000 dol./soat)
8. Hongkong – London, Cathay Pacific (605 mln dollar – 14 000 dol./soat)
9. Singapur – Sidney, Singapore Airlines (550 mln dollar – 21 000 dol./soat)
10. Toronto – Vankuver, Air Canada (541 mln dollar – 12 000 dol./soat)

Ko‘proq yangiliklar: