Uchrashuvning 14, 37, 40 va 88-daqiqalarida Lionel Messi to‘rtta gol kiritib, pokeri evaziga «Barselona»ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.
E'tiborlisi, shu kuni «Barsa» safida zaxiradan maydonga tushib, debyut qilgan Breytueyt Messining 4-goliga hammualliflik qildi.
O‘yindagi so‘nggi gol esa 90-daqiqada Artur tomonidan kiritildi – 5:0.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Kataloniya klubi La Liga turnir jadvalida ochkolar sonini 55taga yetkazib, hozircha La Liga peshqadamiga aylanib oldi.
Kiritilgan 4ta gol bilan Messi La Ligadagi gollari sonini 18taga yetkazib, to‘purarlar bahsida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
La Liga. 25-tur. 22 fevral
Barselona – Eybar 5:0
Gollar: 1:0 – 14 Messi, 2:0 – 37 Messi, 3:0 – 40 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 89 Artur.
Barselona – ter Stegen, Pike (Umtiti, 68), Firpo, Semedu, Langle, Artur, Rakitich, Buskets (de Yong, 59), Vidal, Messi, Grizmann (Breytueyt, 72).
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Texero, Burgos, Xose Anxel, Eskalante, Diop, Inui (De Blasis, 66), Orelyana, Eksposito (Kristoforo, 83), Enrik (Kike Gonsales, 66).
Ogohlantirishlar: Eskalante (64).