Farg‘onada yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirildi

Jamiyat 19:12 / 21.02.2020 3011

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Yulduzxon Xodjayevaning ta'kidlashicha, hozirgi kunda viloyatda 1692 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur maskanlarda bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular zamonaviy yumshoq mebel hamda o‘yinchoqlar bilan to‘liq ta'minlangan. Joriy 2020 yilda davlat-xususiy sherikligidagi maktabgacha ta'lim muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va qamrov ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida 644 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etish rejalashtirilib, viloyatda qamrov ko‘rsatkichlarini 71 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Kuni kecha viloyatning Oltiariq tumanidagi “Oltiariq sport servis” MChJ qoshida tadbirkor M.Boymirzayev tomonidan “Sevinch” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi yangi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur tashkilotni qurib foydalanishga topshirishga 4,7 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Mazkur ta'lim dargohida bolalarni ta'lim-tarbiya olishlari, til o‘rganishlari uchun zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etilib, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mazkur tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yilib Oltiariq tumanidagi 200 nafar bolajonlar maktabgacha ta'limga qamrab olindi.

Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 19 dekabrda qabul qilingan PQ-4067-sonli qaroriga asosan 19-sonli hamda 28-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

19-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti rekonstruksiyasi uchun jami 5,2 mlrd so‘m mablag‘ sarf etilib, qurilish va ta'mirlash ishlari “To‘laboy yog‘dusi” MChJ  tomonidan olib borildi. Ushbu ta'lim-tarbiya maskani qamrov quvvati 350 o‘rinni tashkil etadi.          28-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'miriga jami 6,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish va ta'mirlash ishlari “Baraka fayz” MChJ quruvchilari tomonidan olib borildi. Qamrov quvvati 400 o‘rinlidir. Zamon talablariga javob beradigan har tomonlama qulayliklarga ega mazkur maskanlarda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, to‘liq zamonaviy inventarlar, yumshoq mebel va o‘yinchoqlar bilan ta'minlangan.

Bag‘dod tumani tadbirkor N.Tojiyev tomonidan “Kids international akademy” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi yangi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur tashkilotni qurib foydalanishga topshirishga 2,2 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Mazkur ta'lim dargohida 150 nafar bolalarni ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Farg‘ona shahrida tadbirkor A.Qodirov tomonidan “Good baby” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi yangi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur tashkilotni qurib foydalanishga topshirishga 3,1 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Mazkur ta'lim dargohida 100 nafar bolalarni ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

E'tiborli jihati shundaki, mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xonalari milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan jihozlangan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashqi tomonida esa bolalar uchun o‘yin va sport maydonchalari, ertaklar shaharchasi hamda yozgi ayvonchalar zamon talabi darajasida qurib bitkazilib yuqoridagi ta'lim tashkilotlarida 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari F.Qosimov, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Yu.Xodjayeva, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov, Farg‘ona shahar hokimi X.Xabibiddinov, Oltiariq tumani hokimi X.Niyozov, Oliy majlisi senati a'zolari E. Siddiqova, T.Xoldorov va tuman va shahar sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko‘proq yangiliklar: