Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Qahramon Rashidov Chirchiq shahar hokimi lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Sanjar Yusupov egalladi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi. Viloyat rahbari o‘z so‘zida shaharda bugun to‘planib qolgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy baho berdi.

«Chirchiq - sanoat shahri, ammo oxirgi ikki yilda hududda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sezilarli ravishda kamaygan», deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Yig‘ilishda, shuningdek, shaharda bugun kommunal sohada yig‘ilib qolgan muammolar, aholi, birinchi navbatda, yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilindi.
Muhokamalardan so‘ng, Qahramon Botirovich Rashidovni Chirchiq shahar hokimi vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
- Qahramon Rashidov Chirchiq shahriga 2017 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
Rustam Xolmatov Chirchiq shahar hokimi lavozimiga Sanjar Mirtoirovich Yusupov nomzodini tasviya qildi va nomzod Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

Sanjar Yusupov mehnat faoliyati davomida «Toshkent traktor zavodi» OAJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda mas'ul vazifalarda faoliyat olib borgan.
U 2018-2020 yillar davomida Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan avvalroq Shuhrat Hakimov Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, viloyatning to‘rtta tumanida - Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlarida rahbarlar o‘zgargan, shuningdek, viloyat hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Chirchiq shahri 2019 yil yozida respublika bo‘ysunuvidagi shaharga aylangandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025