Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 08:42 / 20.02.2020 14643

Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov hamda yangi tashkil etilgan vazirlik Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbari o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi o‘tkazildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada O‘lmasjon Yormuhammadovich Mamadaminov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

U.Mamadaminov 1976 yil 8 oktyabrda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan.

Polkovnik U.Mamadaminov uzoq yillar ichki ishlar organlari sohasida, xususan Boyovut tumani IIB boshlig‘i, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va Boyovut tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Dilfuza Uralova Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: