Shavkat Mirziyoyev: «Turk investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi sharoitlar yaratib beriladi»

O‘zbekiston 13:00 / 20.02.2020 10464

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 20 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxt Anqaradagi JW MARRIOT mehmonxonasi konferensiyalar zalida turk ishbilarmon doiralari va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib berdi.

O‘zbekiston yetakchisi nutqini so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha qilinayotgan o‘zgarishlar va xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari bilan boshladi.

«Bugungi O‘zbekistonda biznes muhiti mutlaqo o‘zgargan. Biz investorlar uchun o‘z eshiklarimizni ochdik. Men kafolat beramanki, O‘zbekistonda investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Bizda avval investitsiya bo‘yicha qonunlar yo‘q edi. Biz o‘tgan yili investitsiya bo‘yicha qonun qabul qildik. Bu qonun bilan endilikda O‘zbekistonda investorlarning barcha huquqlari himoya qilinadi.

Investitsiya bo‘yicha vazirimiz janob Umurzoqov (Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov) va janob Gulyamov (prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan G‘ulomov - tahri) endilikda faqat sizlar bilan ishlaydi. Men topshiriq berganman, bizda vazirlikdagi 5 nafar xodim faqat investitsiya bo‘yicha ishlamoqda», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev turk tadbirkorlarini ham faollikka chorlar ekan, endi harakat qiladigan vaqt kelganini ta'kidladi.

«Sizlar bir narsani bilinglar, endi harakat qiladigan payt keldi. Biz Turkiya kompaniyalari bilan ishlash bo‘yicha institutsional tizimni yo‘lga qo‘yishimiz kerak», dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: