Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi qator tumanlarda limonzorlar barpo etiladi
Kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozlar tatbiq etiladi.

Foto: Getty Images
“Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomi “Tsitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi deb o‘zgartirildi.
Tajriba tariqasida Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Tsitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.
Markazning asosiy vazifalari jumladan, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
kooperatsiya shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish; sertifikatlangan va kafolatlangan limon ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etish hamda limon ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; mavjud issiqxonalarni modernizatsiya qilish hamda serhosil, eksportbop limon navlari kolleksiyasini va ko‘rgazmali limon plantatsiyalarini yaratish; sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash; sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, shuningdek, manzarali o‘simliklar, gullar va ko‘kalamzorlashtirish ekinlari ko‘chatlarini yetkazib berish; mahsulot ishlab chiqaruvchilarni mineral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar bilan ta'minlash.
Qaror bilan 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning manzilli ro‘yxati hamda limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjatda belgilanishicha,
limonzorlar paxta va g‘alladan bo‘shagan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etiladi; yangi limonzorlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
2020 yil 1 martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlariga:
yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan; limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport (temir yo‘l va aviatsiya transporti) xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlariga O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

16:25 / 19.06.2025
O‘zbekistonda limon narxi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar qimmatlashdi. Nega?

14:30 / 26.11.2023
SSV shamollash va grippda qaysi mahsulotlar ko‘proq foydaliligi haqida ma’lumot berdi

10:10 / 07.01.2023
O‘zbekiston xorijga limon sotish hajmini kamaytirdi

10:08 / 25.10.2022