Lisenziya asosida mustaqil hamshiralik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish taklif etildi

O‘zbekiston 12:27 / 20.02.2020 5943

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida litsenziya asosida mustaqil hamshiralik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish haqida petitsiya e'lon qilindi. 

Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda hamshiralik hamda feldsherlik ta'lim yo‘nalishini tugatgan o‘rta va oliy ma'lumotli ishsiz uy bekalari ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

“Qo‘shimcha ish bilan band bo‘lish uchun ularga hamshiralik faoliyati uchun litsenziya berishni taklif qilaman. Bu turdagi hamshiralarga shifokorning yozma retsepti va ko‘rsatmasi asosida xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berish kerak. Og‘ir ahvoldagi bemorlarga faqat tibbiyot maskanida, shifokor nazorati bilan tibbiy yordam beriladi. Ammo bitta oddiy yoki osma ukol qo‘yish, yengil muolajalar uchun hamshiralikka litsenziya bilan ruxsat berish kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, agarda o‘rta va oliy ma'lumotli o‘qigan hamshira uy bekalariga hamshiralik faoliyati uchun litsenziya berilsa, ish o‘rinlari ko‘payadi va fuqarolar retsept asosida muolaja olish uchun shifoxonalarda uzoq navbatlarda turishmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: