Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola huquqlari kafolatlari kuchaytiriladi
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlari to‘liq ko‘rib chiqilishi kafolatlanadi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Parlament Qonunchilik palatasining 2020 yil 18 fevralda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar ko‘plab masalalar qatorida “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Hujjat bilan O‘zbekistonning bir qator qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartishga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan shaxs O‘zbekiston hududida qonuniy asosga ko‘ra yashash huquqiga ega bo‘lsa, O‘zbekistondan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish taqiqlanmoqda. Deputatlarning fikricha, bu bolalar huquqlarini ta'minlash barobarida, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Uy-joy kodeksiga ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirish huquqini taqdim etish to‘g‘risida kiritilayotgan qoida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining kelajakdagi hayotini yaxshilash, ayrimlarining ota-onasidan meros qolgan mulk huquqini saqlab qolishda muhim o‘rin tutadi.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan sudlarga fuqarolik ishlari bo‘yicha kiritilgan da'volarni davlat boji to‘lashdan ozod qilish tartibi to‘g‘risidagi qoida ham bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadiga qaratilgani bilan diqqatga molikdir.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan qoida esa, mazmun-mohiyati jihatidan dolzarbligi bilan yanada ahamiyatli. U bilan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanishi, bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni ko‘rmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilmoqda.
Savol-javoblardan so‘ng ushbu hujjat moddama-modda ko‘rib chiqilishi jarayonida ba'zi masalalar borligi oydinlashdi. Loyiha palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishi uchun mas'ul qo‘mitaga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025