«Barselona» yangi transferini e'lon qildi

Sport 16:39 / 20.02.2020 12149

«Barselona» daniyalik hujumchi Martin Braytvaytning trasnferini e'lon qildi. Kataloniya klubi 28 yoshli hujumchini La Liganing boshqa jamoasi «Leganes»dan sotib oldi.

«Barselona» daniyalik futbolchining transferi uchun 18 million yevro to‘ladi, bu haqda klub rasmiy saytida yozilgan. Braytvayt «Barselona» hujum chizig‘ida Suares va Dembelening jarohatidan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishi kutilmoqda.

La Liga «Barselona»ga transfer oynasi tugagan bo‘lishiga qaramay, Braytvaytni 15 kun ichida chempionat o‘yinlari uchun qaydnomadan o‘tkazishga ruxsat bergan, chunki Kataloniya klubi ikki hujumchisining jarohatidan so‘ng La Liga rahbariyatiga yangi hujumchini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: