Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aircraft O‘zbekistonga kamxarj samolyotlar yetkazib berishi mumkin
Bu turdagi samolyotlardan ichki reyslar va qo‘shni respublikalarning 1000 km masofagacha bo‘lgan hududlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin

Foto: REUTERS/Rafael Marchante
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida dunyoda samolyotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Fransiyaning ATR Aircraft kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kompaniya asosan 50-90 o‘ringa mo‘ljallangan samolyotlar ishlab chiqarib, jahonning 100dan ortiq davlatiga yetkazib beradi. Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan 2 xil turdagi havo kemalari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taklif etilayotgan samolyotlarning eng asosiy afzalligi sifatida yoqilg‘i tejamkorligi va uzoq muddat ekspluatatsiya qilinishi aytildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan ushbu samolyotlar boshqa havo kemalariga nisbatan past shovqinli bo‘lib, deyarli ikki barobar kamroq yoqilg‘i sarflaydi. Bundan tashqari, ulardan turli noqulay iqlim sharoitlarda, qattiq qoplamasiz aerodromlarda ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Uchrashuvda bu turdagi samolyotlardan mamlakat ichki reyslari va qo‘shni respublikalarning 1000 km masofagacha bo‘lgan hududlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq ekani ta'kidlandi.
Muloqot yakunida tegishli vazirlik va idoralar shuningdek yangi tashkil etilayotgan Humo Air aviakompaniyasi bilan ushbu takliflar doirasida fikrlashib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ishonch bildirildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

20:03 / 08.07.2025
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi

09:05 / 04.07.2025
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi

14:20 / 20.06.2025