YeChL. 1/8 finalning dastlabki o‘yinlarida favoritlar mag‘lub etildi, Holand va Saul katta sahnada

Sport 03:04 / 19.02.2020 14573

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. Yagona gol Saul Niges hisobiga yozildi.

«Borussiya» Dortmund o‘z esa o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qilib, Erling Holandning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Mehmonlardan javob goliga Neymar mualliflik qildi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 12 mart kuni o‘tkaziladi.

YeChL, 1/8 final, 18 fevral

Atletiko – Liverpul 1:0
«Vanda Metropolitano»
Gol: Saul (4).
Atletiko: Oblak, Lodi, Savich, Felipe, Vrsalko, Saul, Koke, Lemar (Lorente, 46), Tomas, Korrea (Kosta, 77), Morata (Vitolo, 70). 
Liverpul: Alisson, Roberson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Fabino, Henderson (Milner, 80), Veynaldum, Mane (Origi, 46), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 72), Firmino.
Ogohlantirishlar: Mane (40), Korrea (45), Gomes (59).

Borussiya D – PSJ 2:1
«Signal Iduna Park»
Gollar: Holand (69, 77) – Neymar (75).
Borussiya D: Byurki, Zagadu, Hummels, Pishchek, Hakimi, Vitsel, Gerreyru, Sancho (Shmelser, 90), Jan, Azar (Reyna, 68), Holand. 
PSJ: Navas, Myone, Kurzava, Tiago Silva, Markinos, Verratti, Guyye, Di Mariya (Sarabiya, 77), Kimpembe, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Vitsel (44), Guyye (54), Neymar (60), Myone (87), Verratti (89).

Ko‘proq yangiliklar: