O‘zbekiston logistika samaradorligi bo‘yicha jahondagi 50ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirmoqchi

O‘zbekiston 18:35 / 19.02.2020 2141

«Maqsadimiz – 2030 yilgacha logistika samaradorligi indeksida respublikani kuchli 50ta mamlakatlar qatoriga kirishini ta'minlash. Biz transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish va tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni faollashtirmoqchimiz», deya Mahkamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro dengiz yo‘llaridan uzoq bo‘lgan O‘zbekiston uchun transportirovka xarajatlari iqtisodiyot raqobatbardoshligining muhim omiliga aylanmoqda.

Vazirning birinchi o‘rinbosari mamlakatda aholining transport jihatidan mobilligini oshirish, harakatlanuvchi tarkibni doimiy ravishda yangilash, parvozlar geografiyasini kengaytirish va transport infratuzilmasini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratilishi zarurligini ta'kidladi.

Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) ikki yilda bir marta e'lon qilinadi. O‘zbekiston unda Armaniston (116) va Zambiya (118) orasidagi 117-o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni Qozog‘iston 77-o‘rin bilan qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: