O‘zbekiston YeIning tarif imtiyozlarini olishda Vengriyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda

O‘zbekiston 15:25 / 18.02.2020 4696

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini bir necha martaga oshirishimiz mumkinligiga qat'iy ishonamiz. Buning uchun mahsulotlarimizning ikki mamlakat bozorlariga keng kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlar muhimdir”, - dedi investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasida chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo uylarini ochish, o‘zaro savdo missiyalarini tashkil etish, O‘zbekiston va Vengriyaga yetkazib berish uchun istiqbolli mahsulotlar ro‘yxatini doimiy ravishda almashish ikki tomonlama savdoni rivojlantirishda katta rol o‘ynashi mumkin.

“Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozli tarif tizimini O‘zbekistonga nisbatan tezroq qo‘llash masalasida Vengriyaning qo‘llab-quvvatlovi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga yordam beradi", dedi Umurzoqov.

Shu bilan birga, vazir "ulkan salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari juda kam darajada saqlanib qolganini" ta'kidladi. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro savdo hajmi 71 million dollarni tashkil etgan (o‘sish 44,9 foiz).

"Biz, shuningdek, Vengriya hukumati mahsulotlarimizni sertifikatlash, standartlashtirish, markirovkalash va sanitariya-karantin protseduralaridan o‘tish bo‘yicha maslahat va texnik yordam berish orqali O‘zbekiston mahsulotlarini Vengriya bozorida va butun Yevropa Ittifoqi bozorlarida ilgari surishda yordam berishiga ishonamiz", dedi vazir.

O‘z navbatida, Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yevropalik iste'molchilarni yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari, yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari, don mahsulotlari, vino va konyak konsentrati, asal mahsulotlari, o‘g‘itlar va boshqa ko‘plab narsalar bilan ta'minlashi mumkin.

O‘zbekiston hozirda bazaviy imtiyozlar bosh tizimidan (GSP) foydalanadi, unga ko‘ra YeIga 3 mingta mahsulotni bojxona to‘lovisiz va 3200ta mahsulotni pasaytirilgan stavkalarda eksport qilish mumkin. Agar mamlakat plyus imtiyozlar bosh tizimi (GSP+) bo‘yicha bir tomonlama tarif imtiyozlarini oladigan bo‘lsa, 6 mingdan ortiq turdagi mahsulotni boj to‘lovisiz olib kirishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: