Hindiston O‘zbekiston bilan milliy yadro infratuzilmani rivojlantirish borasida hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston 14:28 / 18.02.2020 1692

“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Hindistonning atom elektr stansiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi tajribasini o‘rganish va tegishli vazirlik va idoralar bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik o‘rnatish borasida muzokaralar olib borish uchun ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif Atom energetikasi bo‘yicha departament kotibi – Hindiston atom energetikasi bo‘yicha komissiya raisi Shri Vyas bilan o‘tkazilgan muzokaralar doirasida amalga oshirildi. Uchrashuvlar davomida Hindiston tomoni O‘zbekiston bilan atom energetikasini tinch maqsadlarda rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
 
Safar davomida Hindiston hukumati huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish departamenti tizimiga kiruvchi tizimlar rahbariyati va vakillari bilan atom energetikasi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda, jumladan, kadrlar tayyorlash, O‘zbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi. Hindiston tomoni O‘zbekistonda milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ham ma'lum qildi. 

Bundan tashqari, Hindistondagi barcha atom elektr stansiyalari operatori – Hindiston yadro energetikasi korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda atom energetikasi dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama etildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga tashrif dasturi doirasida “Kudankulam” atom elektr stansiyasiga tashrif buyurish hamda sohaga aloqador idoralar va kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: