APL. «MYu» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi (turnir jadvali)

Sport 03:13 / 18.02.2020 12198

Angliya Premer-ligasi 26-turining markaziy o‘yinida «Chelsi» «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunida Marsyal Uan-Bissakaning uzatmasidan keyin bosh bilan yo‘llangan zarba bilan hisobni ochdi - 0:1. 

Tanaffusdan keyin mezbonlar safida zaxiradan maydonga tushgan Zuma gol urdi, ammo VAR tizimi orqali gol bekor qilindi - Aspilikueta Uilyamsga nisbatan qo‘pollik qilgandi.

66-daqiqada esa Fernandeshning uzatmasidan keyin Maguayr hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi - 0:2. Bu gol Xarrining APL doirasida «MYu» safidagi ilk goli bo‘ldi.

Ushbu goldan keyin zaxiradan maydonga tushgan Jiru hisobni qisqartirdi, ammo bu safar ham VAR o‘yindan tashqari holatni aniqladi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «MYu» ochkolari sonini 38taga yetkazib, 7-o‘ringa chiqib oldi, «Chelsi» esa 41 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.

APL. 26-tur. 17 fevral

Chelsi – Manchester Yunayted 0:2

Gollar: 0:1 – 45 Marsyal, 0:2 – 66 Maguayr

Chelsi - Kabalero, Jyeyms, Kristensen (Zuma, 46), Ryudiger, Aspilikueta, Kante (Maunt, 12), Kovachich, Villian, Jorjino, Pedro, Batshuayi (Jiru, 68).

Manchester Yunayted –De Xea, Uilyams, Maguayr, Shou, Uan-Bissaka, Jyeyms (Pereyra, 80), Fred, Brunu Fernandesh (Dalot, 90), Matich, Marsyal (Igalo, 90), Bayi.

Ko‘proq yangiliklar: