Peterburgda ayolni daryoga itarib, so‘ngra uni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik cho‘kib ketdi

O‘zbekiston 21:20 / 16.02.2020 39864

Bu haqda Sankt-Peterburg favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ma'lum qilingan.

Voqea tungi vaqt yuz bergan.

“Taxmin qilinishicha, mast holda bo‘lgan erkak ayolni to‘siq ustidan daryoga itarib yuborgan. Shundan keyin u dastlab ayolni qo‘l ostidagi vositalar bilan qutqarishga harakat qilgan, keyin o‘zini suvga tashlagan. Qutqaruv bo‘linmalari yetib kelguncha ayol qirg‘oqqa chiqarilib olingan va tez tibbiy yordam brigadasiga ko‘zdan kechirilish uchun topshirilgan”, deyilgan xabarda.  

Ta'kidlanishicha, 16 fevral soat 2:25da post-patrul xizmati g‘avvoslari tomonidan daryoda 1956 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgan. 1971 yilda tug‘ilgan ayol sovqotish alomatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Ko‘proq yangiliklar: