O‘zbekistonlik yigit Kilimanjaroni zabt etdi. Afrikaning eng baland nuqtasiga fotosayohat

O‘zbekiston 19:07 / 15.02.2020 21690

Bu sayohat qahramoni 1989 yil tug‘ilgan samarqandlik Sanjar O‘rolov bo‘lib chiqdi. Koreys tili bo‘yicha tahsil olgan Sanjar hozirda Rossiyada konsalting bo‘yicha ishlayotganini aytdi. U 6 kun davom etgan Kilimanjaro tog‘ining eng baland cho‘qqisi, ayni damda Afrikaning eng baland nuqtasi hisoblangan Uhuruga sayohat suratlarini Kun.uz o‘quvchilari bilan bo‘lishdi.

Shu o‘rinda Kilimanjaro tog‘i haqida ikki og‘iz. Bu tog‘ Afrika sharqidagi Tanzaniya mamlakati hududida qad ko‘targan. Afrikaning eng baland nuqtasi — Uhuru cho‘qqisi (5 895 m) aynan shu tog‘da joylashgan. Kilimanjaroga ko‘tarilish Afrikaga boradigan sayohatchilar orasida juda mashhur.

Ko‘proq yangiliklar: