BBC «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismli hujjatli-dramatik film suratga oldi

Jamiyat 21:18 / 15.02.2020 25274

«Kuch-qudrat, mardlik va qahramonlik ko‘pda erkaklarga xos ko‘riladi. Ayollar tomonidan qilingan fidokorlik esa, xoh o‘tmishda bo‘lsin, xoh bugun, o‘zgacharoq talqin topadi va osonlikcha e'tirof etilmaydi.

Maqsad ana shunday parda ortida qolgan, ko‘pda nomlari tarix darsliklaridan tushib qoladigan jafokash ayollarning bugungi avlod uchun ibratli bo‘lgan hayotiga nazar tashlashdir», deyiladi BBC News O‘zbek xizmati xabarida.

Filmning dastlabki qismi Zahiriddin Muhammad Boburning buvisi Esondavlat begimga bag‘ishlangan. Unda Boburshoh oilasidagi ayollar hayotining ochilmagan qirralariga e'tibor qaratilgan.

Yana bir e'tiborli jihati — O‘zbekiston, Hindiston va Afg‘onistonda suratga olingan ushbu filmda ishtirok etgan mutaxassislar hamda suhbatdoshlar xotin-qizlardir.

Foto: BBCUZBEK.COM
Ko‘proq yangiliklar: