Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi

O‘zbekiston 17:09 / 14.02.2020 17744

Forum 16-17 fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadi. Unga taklif etilganlar orasida AQShning birinchi xonimi Ivanka Tramp, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.

Ikki kunlik anjumanda 87ta davlatdan jami 3 mingdan ortiq delegat qatnashishi kutilyapti. 60dan ziyod vorkshop va sessiyalarda turli mavzular muhokama qilinadi.

Foto: Global Women's Forum Dubai

Jumladan, Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'ruza qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyeva 2019 yil aprelidan 2020 yil yanvariga qadar O‘zbekiston prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan, fevral oyidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida ish boshlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: