14 fevral kuni Toshkentda Mobiuz mobil operatorining «AvtoMOBI» aksiyasi g‘oliblarini aniqlash rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
…Soat 14:55, «Compass» SKM. Yuzlab insonlar – Mobiuz abonentlari hamda savdo markazi mehmonlari «AvtoMOBI» aksiyasi o‘yinini bevosita ko‘rish uchun bu yerda yig‘ilishmoqda. Hammani qiziqtirayotgan savol – 14 ta Nexia-3 avtomobili (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar uchun bittadan) hamda super yutuq – Malibu-2 avtomashinasini kimlar yutib oladi?
Bir necha daqiqalardan keyin jarayonga onlayn tomoshabinlar ham qo‘shiladi. Zero Mobiuz’ning Instagramdagi akkauntida onlayn efir ketishi kutilmoqda.
…15:00. Musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar kirib kelishmoqda.
«AvtoMOBI» aksiyasi – kompaniya rebrendingi o‘tkazilgan va Mobiuz savdo belgisiga o‘tilgandan keyin ro‘yobga chiqarilgan loyihadir. U 2019 yilning 3 dekabridan 2020 yilning 3 fevraligacha o‘tkazildi. Shak-shubhasiz, u yutuq jamg‘armasi bo‘yicha ham, g‘oliblarni aniqlash marosimi ishtirokchilarining ko‘pligi bo‘yicha ham kompaniyaning boshqa aksiyalari ichida tengi yo‘q bo‘ldi.
Aksiya shartlari juda ham osonligi unda ko‘pchilik ishtirok etishini ta'minlab berdi. Xususan, abonentlar oyiga 30 ming so‘m va undan kattaroq abonent to‘loviga ega tarif rejalaridan biriga ulanishi kerak edi. Mablag‘lar muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ularga bitta imkoniyat taqdim etildi. Ishtirok etishning yana bir yo‘li – maxsus «2020 MB» yoki «2020 daqiqa» to‘plamlaridan birini ulash edi. Har bir faollashtirilgan to‘plam bitta imkoniyatga teng edi.
…15:05. Boshlovchilar g‘oliblarni aniqlash tartibi haqida so‘zlab berishmoqda.
G‘oliblarni aniqlash tadbiridan bir necha kun oldin aksiyaning har bir ishtirokchisiga maxsus USSD-buyruq (*161#) haqida ma'lumot yuborildi. Uni terib, ishtirokchilar o‘zlariga belgilangan noyob ID-kodlarni bilib olishlari mumkin. Abonent aksiya bo‘yicha nechta imkoniyat to‘plagan bo‘lsa, unda shuncha ID-kod bor.
Nexia-3 ga da'vogar bo‘lgan abonentlarning ID-kodlari hududlarga qarab taqsimlangan. Masalan, Andijon viloyatiga tegishli raqamlardan foydalanayotgan abonentlarning ID-kodlari 01 bilan, Buxoro viloyatiniki 02 bilan boshlanadi. Xuddi shu tartibda ham g‘oliblar aniqlanadi.
G‘oliblarni aniqlash uchun randomus.ru saytidagi tasodifiy raqamlar onlayn randomayzer tizimidan foydalaniladi. Ushbu servisning serverlari boshqa mamlakat hududida joylashgan, shu sababdan g‘oliblarni aniqlash jarayoniga kompaniya vakillari ham, uchinchi shaxslar ham aralasha olmaydi.
Malibu avtomobili bo‘lajak sohibi esa sahnada o‘rnatilgan lototron yordamida aniqlanadi. Barcha-barcha ID-kodlar qog‘ozlarga tushirilib, chop etilgan hamda lototronga joylashtirilgan. G‘olibni tadbirda ishtirok etayotgan tasodifiy muxlis aniqlab beradi.
…15:25. Auditoriyaga o‘yinning halolligini kuzatib boradigan mustaqil komissiya a'zolari tanishtirildi. Mobiuz vakili tadbirni ochiq deb e'lon qildi hamda 15 ta yap-yangi Nexia-3 avtomobillarining bo‘lajak egalarini aniqlash o‘yini boshlandi.
Navbatma-navbat hamda tanaffuslar bilan randomayzerga hududlarga qarab ID-raqamlar ro‘yxatlari kiritilmoqda. Jarayonni katta e'tibor bilan nafaqat tadbir mehmonlari, balki minglab onlayn tomoshabinlar ham kuzatib bormoqda. Har bir g‘olib aniqlangandan keyingi qarsaklar onlaynda qo‘yilayotgan “layk” va yozilayotgan izohlar bilan hamnafas bo‘lmoqda.
Mobiuz vakillari va boshlovchilar g‘oliblarga bevosita tadbir vaqtida qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Bu aksiyaning ochiq va shaffof o‘tishi uchun yana bir muhim qadam.
O‘yinlar orasida savdo markaziga tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida ham turli tanlovlar o‘tkazilmoqda. Ularda g‘olib bo‘lganlarga esa kompaniya sovg‘alari taqdim etilmoqda. Musiqiy tanaffuslarda esa «Ko‘k Choy» guruhi o‘zining mualliflik qo‘shiqlari hamda kaverlari bilan hammani xushnud qilmoqda.
…16:40. Kunning eng hayajonli daqiqalari – Malibu super yutug‘i o‘yini! Mustaqil komissiya vakillari lototronni va ID-kodlarni tekshirib ko‘rishdi. Zaldagi muxlislar ichidan bitta bolakay tanlab olindi va aynan u asosiy g‘olibni aniqlab berdi!
Shunday tarzda ko‘p syurprizlar va kutilmagan voqealarga boy Mobiuz aksiyasi ham o‘z nihoyasiga yetdi. Lekin bu hali hammasi emas. 17 fervaldan boshlab kompaniya vakillari g‘oliblar bilan bog‘lanishadi hamda sovrinlarni topshirishga tayyorgarlik ko‘rishadi. Har bir sovg‘ani joylarda topshirish – bu alohida marosim demakdir! Mobiuz barchaga g‘oliblar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Shunday ekan, kompaniya yangiliklarini kuzatib boring!
Reklama huquqi asosida