Prezidentning Rossiyaga tashrifi davomida AES bo‘yicha asosiy shartnoma imzolanadimi?

O‘zbekiston 13:36 / 14.02.2020 15925

Ilhom Ne'matovning ma'lum qilishicha, “Rosatom” davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyovning O‘zbekistonga yaqin kunlarda tashrifi kutilyapti. Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida AES qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanishiga doir savolga javob qaytardi.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyovning O‘zbekistonga yaqin kunlarda tashrifi kutilyapti. AES qurilishi bo‘yicha shartnomani imzolash uchun ko‘p o‘rganish kerak. Ko‘p iqtisodiy, texnik tomonlari bor. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘rganilyapti. Hozirgi kunda bunga tayyorgarlik ko‘rilyapti. Agar ulguradigan bo‘lsak, albatta imzolanadi”, - dedi Ilhom Ne'matov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida AES qurilishida hamkorlik qilish bo‘yicha bitim imzolangandi. Unga ko‘ra, «Rosatom» O‘zbekistonda VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega «3+» avloddagi ikkita energoblokdan iborat majmua quradi. 
  
AES qurilishini 2022 yilda Jizzax viloyati hududidagi Tuzkon ko‘li yaqinida boshlash rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Lixachyov jurnalistlar bilan suhbatda korporatsiya 2019 yil oxiriga qadar AES qurilishi bo‘yicha asosiy shartnomani imzolashi va 2020 yil boshida stansiya qurilishi maydonida ishlar boshlanishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: