Ne'matov Pompeoning O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurasholmasligi haqida aytgani to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi

O‘zbekiston 16:31 / 14.02.2020 37597

«O‘zbekistonga shaxsiy reyslar bilan 579 kishini olib keldik, elchixona sa'y-harakatlari bilan uchinchi mamlakatlar orqali 2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi. Bugun bu ishni davom ettiryapmiz. Eng boshidanoq Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizga yordam berish uchun barcha ishlarni amalga oshirib kelyapti», - deya javob bergan Ilhom Ne'matov Kun.uz muxbirining AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurasha olishiga shubha bildirgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan bergan savoliga. 

Ne'matov bu jiddiy muammo ekani va Xitoy virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkoni boricha harakat qilayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy tomonidan koronavirusning tarqalishi kamayib borayotgani haqida ma'lumot olyapti.

Bundan avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo go‘yo O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurasha olmasligi, shu tufayli AQSh bu mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgani to‘g‘risida xabar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: