Farg‘onada yengil qoida buzgan haydovchilar bir hafta javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston 15:28 / 14.02.2020 18710

Viloyat IIBdan ma'lum qilishlaricha, O‘zbekistonda ilk marta tajriba tariqasida o‘tkazilayotgan aksiyaga «Mehr» deb nom berilgan.

«Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – haydovchi va yo‘lovchilarning yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yanada yuksaltirish, yo‘l qoidalariga amal qilish mas'uliyatini kuchaytirish va bu orqali yo‘llarda sodir bo‘ladigan mudhish holatlarga barham berishdan iborat», – deyiladi IIB xabarida.

Ta'kidlanishicha, bugun erta tongdan Farg‘ona viloyati IIBda tashkil etilgan tadbir oldi yo‘riqnomada yo‘l harakati inspektorlariga «Mehr» loyihasini samarali o‘tkazish bo‘yicha rahbariyat tomonidan tegishli topshiriqlar berilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

«Hafta davomida yo‘llarda qoidabuzarliklar o‘rganilishi bilan birga ta'lim muassasalari, mahallalar va jamoat joylarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, harakat ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha profilaktik suhbatlar olib boriladi», – deya qo‘shimcha qilingan rasmiy bildirishda.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: